STRATIX MED

Tibbiy axborot tizimi

Klinikangizni yagona raqamli tizimda boshqaring

Bemorni ro'yxatga olishdan retsept berishgacha: qabul, laboratoriya, diagnostika, kassa va moliya bitta platformada.

Ambulator karta

SMP-2026-000148

Bemor
Xamidov O. O.
Tashxis
J06.9 — O'tkir respirator infeksiya
Tahlil
UAK — 22 ko'rsatkich
Diagnostika
Rentgen — ko'krak qafasi

Har bir hujjat QR kod bilan tasdiqlanadi — apteka va bemor haqiqiyligini tekshira oladi.

8
Asosiy modul
11 130
MKB-10 kodi bazada
24/7
Bulutli kirish
UZ
To'liq o'zbek tilida

Kimga foydali

Klinikaning har bir bo'limi uchun

  • Shifokorlarga

    Bemor tarixi, tahlil va diagnostika bitta kartada. Tashxis MKB-10 dan tanlanadi.

  • Registraturaga

    JSHSHIR terilganda ma'lumot avtomat to'ladi, talon kassaga o'zi ketadi.

  • Kassaga

    To'lov qabul qilinganda xizmatlar o'z bo'limiga avtomat yuboriladi.

  • Laboratoriyaga

    Panellar tayyor shablon bilan, natija normadan chetlansa belgilanadi.

  • Dorixonalarga

    Retsept QR orqali ochiladi — dori nomi aniq, qo'lyozma o'qilmaydi.

  • Rahbariyatga

    Kunlik tushum, qabullar soni va bo'limlar bo'yicha hisobot.

Modullar

Qanday masalalarni yechamiz

Kundalik ishlarni avtomatlashtiramiz va xatolarni kamaytiramiz. Har bir bo'lim bitta bemor kartasiga bog'langan.

  • Poliklinika

    Ro'yxatga olish, navbat, qabul va ambulator karta.

  • Kassa

    Talon, to'lov qabul qilish va kunlik kassa hisoboti.

  • Laboratoriya

    Panellar bo'yicha tahlil, norma chegaralari va natija blanki.

  • Diagnostika

    Rentgen, UZI, MSKT va MRT xulosalari shablon bilan.

  • Retseptlar

    Elektron retsept: aniq dori nomi, doza va qabul tartibi.

  • Statsionar

    Yotqizish, muolajalar, kasallik tarixi va epikriz.

  • Ombor

    Tibbiy sarf materiallari va xarajatlar hisobi.

  • Moliya

    Pullik xizmatlar narxi, tushum va hisobotlar.

Aloqa

Klinikangiz uchun demo

Tizimni ko'rsatamiz, klinikangizga moslab sozlaymiz va xodimlarni o'qitamiz.